Qashqadaryoda 28 yoshli ayol o'z uyida sobiq eri tomonidan o'ldirib ketildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 28 yoshli ayolning jasadi oʻzi yashab kelayotgan uyning hammom qismidan topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirdi.

Xabarlarga koʻra, Kasbi tumani “Tinchlik” mahallasidagi uyda ijarada yashab kelgan ayol 2022-yilning 16-dekabr kuni vafot etgan. Uning jasadi hammomdan topilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, ayol “Tinchlik” mahallasidan “Qamashi” mahallasiga turmushga chiqqan. Oilaviy kelishmovchilik tufayli yana oʻzi yashagan “Tinchlik” mahallasiga qaytib, 3 nafar bolasi bilan ijarada yashab kelgan.

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Tekshirish davomida ayolni sobiq turmush oʻrtogʻi qasddan oʻldirgani aniqlangan. 17-dekabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling