Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumani Jartepa qishlogʻida istiqomat qiluvchi ayol farzandini ayovsiz kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi.
Unga koʻra, ayolning qaynonasi kelini hali yosh nevaralarini doimiy ravishda qattiq kaltaklayotgani, oʻldirib qoʻyishidan qoʻrqayotganini maʼlum qilgan.
Videoda maʻlum boʻlishicha, kaltaklanishi oqibatida bolaning burni qonab ketgan. Lekin shunga qaramasdan ona farzandini tinimsiz kaltaklashda davom etgan.
“Tomosha qil, haymi, kayf qil… Seni kasringga bachalaring (bolalaring — shevada) yem boʻladi”, — deya tinimsiz bolani uradi ayol.
Mazkur voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan soʻng, viloyat hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“Mazkur voqea shu kunning oʻzida tegishli masʼullar tomonidan oʻrganilib, ona hamda uning farzandi sogʻligʻi va ruhiy holati mutaxassislar nazoratiga olindi.
Shuningdek, ushbu holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho beriladi”, — deyiladi munosabatda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling