YeChL 4- tur bahslari yakunlandi, Muhammad Saloh eng tezkor het-trik qayd etdi

Barselonaning guruhdan chiqishi boshqa klublarga bog'liq bo'lib qolmoqda

Foto: express.co.uk

Foto: express.co.uk

Yevropa Chempionlar Ligasida 4-tur bahslari yakunlandi.

A guruhida “Liverpul” “Reynjers”ga 7ta gol urib, pley-off sari katta qadam tashladi. Firmino dubl, Saloh het-trikka erishdi.

V guruhida “Portu” “Bayer”ni  yirik hisobda yengib, 2-oʻringa koʻtarildi.

S guruhida “Bavariya” 4-oʻyinda ham gʻalaba qozonib, 1/8 finalga yoʻl oldi. “Barselona”  “Inter”ga  qarshi dramatik bahsda Levandovskining gollari evaziga magʻlubiyatdan qutulib qoldi.

D guruhida “Tottenhem” “Ayntraxt”dan ustun kelib, peshqadamga aylandi. “Marsel”  javob bahsida ham “Sporting”ni magʻlub etdi.

YECHL. 4-tur. 12-oktyabr

A guruhi

Reynjers — Liverpul 1:7

Gollar: Arfild (17) — Firmino (24, 55), Nunyes (66), Saloh (76, 80, 81), Elliot (87).

V guruhi

Bayer — Portu 0:3

Gollar: Galeno (6), Torimiy (53 penalti, 64 penalti).

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Demirbay (16).

S guruhi

Barselona — Inter 3:3

Gollar: Dembele (40), Levandovski (82, 90+2) — Barella (50), Martines (63), Gosens (89).

Viktoriya Plzen — Bavariya 2:4

Gollar: Vlkanova (62), Kliment (75) — Mane (10), Myuller (14), Goretska (25, 35).

D guruhi

Tottenhem — Ayntraxt 3:2

Gollar: Son (20, 36), Keyn (28, penalti) — Kamada (14), Alidu (87).

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Keyn (90+2).

Sporting — Marsel 0:2

Gollar: Genduzi (20, penalti), Sanches (30).

Muhammad Saloh Chempionlar Ligasi tarixidagi eng tezkor het-trikni qayd etdi.

“Liverpul” hujumchisi guruh bosqichi 4-turidagi “Reynjers” bilan oʻyinda (7:1) 3ta gol urdi.

Misrlik futbolchiga buning uchun 6 daqiqa 12 soniya yetarli boʻldi. Barcha gollarga Diogu Jota assistentlik qildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar