Qirg'izistonda epidemiologik vaziyat tufayli 500 dan ortiq maktab yopildi

Mamlakatdagi 1710 ta bogʻchadan 168 tasi ham karantinga yopilgan

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Qirgʻizistonda epidemiologik vaziyat tufayli 509 ta maktab karantinga yopildi. Bu haqda mamlakat taʼlim vaziri oʻrinbosari Toʻxtabibi Ashimbayeva parlament yigʻilishida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kloop.

Uning soʻzlariga koʻra, yopilgan maktablar respublikadagi taʼlim muassasalarining beshdan bir qismidir — Qirgʻizistonda jami 2357 ta maktab mavjud. Karantin eʼlon qilingan taʼlim muassasalarining oʻquvchilari onlayn dars oʻtiladi.

Shuningdek, Ashimbayevaning aytishicha, mamlakatdagi 1710 ta bogʻchadan 168 tasi karantinga yopilgan.

Idora maktablarni yopishni mamlakatda gripp va ORVI kasalliklariga chalinish holatlari ortib ketgani fonida qabul qilganini bildirgan. Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasi mudiri Guljigit Aliyevning qayd etishicha, har yili shu vaqtda gripp bilan bogʻliq vaziyat keskinlashadi.

"Ammo 2022-yilda bolalar boshqacha kasal boʻlmoqda", deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling