O'zbekistonga iyul oyida qancha sayyoh kelgani ma'lum qilindi-statistika

O'tgan yilning mos davri bilan solishtirganda ko'rsatkich 3 baravarga oshgan

O'zbekistonga 2022 yilning iyul oyida 540,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 359,8 ming nafarga ya'ni 3 baravarga oshgan.

O'zbekistonga iyun oyida eng ko'p turistlar Qozog'iston (181,8 ming), Tojikiston (143,4 ming) hamda Qirg'izistondan (126,3 ming) tashrif buyurgan.

Shuningdek, quyidagi davlatlarning fuqarolari ham turistik maqsadda mamlakatga kelgan:

  • Rossiya – 61,6 ming nafar;
  • Turkiya – 6,8 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 2,2 ming nafar;
  • Germaniya – 1,5 ming nafar;
  • AQSh – 1,3 ming nafar;
  • Isroil – 1,2 ming nafar;
  • Hindiston – 1,1 ming nafar;
  • Buyuk Britaniya – 1 ming nafar;
  • Belarus – 0,9 ming nafar;
  • Frantsiya – 0,8 ming nafar;
  • Italiya – 0,7 ming nafar;
  • Ispaniya – 0,4 ming nafar.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling