Foto: Kun.uz
Chilonzor tumanida joylashgan Gʻafur Gʻulom boʻgi 24-oktyabr kunidan “Dream Park” nomi bilan test rejimida faoliyat boshlashi maʼlum qilingan edi. Ushbu xabarlardan soʻng, bogʻning inglizcha nomlanishi koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi
Chilonzor tumani hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi Botir Rasulov bergan maʼlumotlarga koʻra, bogʻning nomlanishiga rasman oʻzgartirish kiritilmagan.
Shuningdek, bogʻ nomini oʻzgartirish haqida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi nomiga ariza kelib tushmagan.
“Albatta, bu borada jamoatchilik fikri ham eʼtiborga olinadi. Bogʻ oldin atalgan nomi Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ boʻlib qoladi”, — deya Botir Rasulovning soʻzlarini keltirmoqda hokimiyat matbuot xizmati.