Bekobod tumanidagi madaniyat uyi o'rnini "Havas" egalladi

Mazkur holat yuzasidan rasmiyalar hech qanday maʼlumot bermadi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar<br>

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumanida joylashgan madaniyat uyi “Havas” supermarketiga berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu esa jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar<br>

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

“Didjitalizm” kanalining asosichisi Roman Sayfutdinova mazkur holat yuzasidan: “Havas tarmogʻida binoni boʻyoqdan tozalash, barcha panellarni olib tashlash va brend mijozlarga ham, ular ochgan mahalla aholisiga ham gʻamxoʻrlik qilishini koʻrsatish uchun tom maʼnoda bir necha yuz dollar sarflash uchun ajoyib imkoniyat boʻldi”, — deya izoh qoldirgan.

“Fikrat.uz” Telegram kanalining asoschisi oʻzining sahifasida bu qaror toʻgʻri boʻlmaganini bildiruvchi post qoldirgan.

“Bekobodda madaniyat uyini Havas supermarketiga berishibdi. Ming afsus...”, — deydi u.

Jamoatchilikning yana bir faoli Lola Sayfi oʻz sahifalarida madaniy merosni himoya qilish va uni saqlash qonunlariga rioya qilish kerakligini eslatib oʻtdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar<br>

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

“Bekobod shahridagi Madaniyat uyi «Havos” supermarketiga ijaraga berildi. Va ular shunday qilishdi! Oʻzbekistonda allaqachon madaniyat yoʻq, lekin uni bunchalik masxara qilish negadir ortiqcha. Shunga qaramay, madaniy merosni himoya qilish va uni saqlash qonunlariga rioya qilish kerak. Haqiqatan ham Havas uchun boshqa bino yoʻqmidi? Bekobodga Madaniyat uyi kerak emasmi?», — deydi u.

“Safar” Telegram kanalining muallifi ham ushbu holatga oʻz fikrlarini bildirgan.

“Koʻrib asabing qoʻziydi, oʻylab oʻyingga yetolmaysan. Qaysi aql bilan shunday qilish mumkin? Kap-katta tadbirkor, kap-katta supermarketlar tarmogʻisan, hurmating bor, shugina joyga zor boʻldingmi? Tavba-tavba”, — deya izoh qoldirgan muallif.

Lekin hozircha mazkur holat yuzasidan rasmiyalar biror bir maʼlumot berganicha yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling