Foto: Tez News
Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida bir necha bor sudlangan shaxs 14 yoshli qizni pichoqlab o'ldirdi. Bu haqda Repost.uz ga Bosh prokratura matbuot xizmati xabar berdi
Qayd etilishicha, yigit 20-avgust kuni soat 04:00 da Minor ko'chasidagi uylardan biriga kirgan.
Gumonlanuvchi, uydan pul va qimmatbaho buyumlar qidirayotgan vaqtda 14 yoshli qizcha uni ko'rib qolgan va u qizni pichoq yordamida o'ldirgan.
Shuningdek, u qidiruvda davom etgan. Bu safar 78 yoshli ayol uni ko'rib qolgan. Yigit ayoldan pullar qayerda ekanini aytishni talab qilgan va unga pichoq bilan tahdid qilgan.
Keksa ayol uyda hech qanday pul yo'qligini aytgan. Buni eshitgan yigit voqea joyidan qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazilgan.
Ma'lum bo'lishicha, 25 yoshli gumonlanuvchi yigit muqaddam sudlangan bo'lib, asli Namangan viloyatida tug'ilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Gumonlanuvchi qo'lga olingan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling