Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon Chempionati “H” guruhi, 3-turidan oʻrin olgan oʻyinlar yakunlandi. Unda Portugaliya Janubiy Koreyaga, Urugvay Ganaga qarshi bahs olib bordi.
Janubiy Koreya — Portugaliya 2:1
Gollar: 0:1 – 5 Rikardu Orta, 1:1 – 27 Kim Yen Gvon, 2:1 – 90 Xvan Xi Chxan.
Janubiy Koreya: Kim Sin Gyu, Kim Mun Hvan, Kim Yen Gvon (Son Chjun Xo, 81), Kvon Gen Von, Kim Chjin Su, Chjon U Yen, Hvan In Bom, Li Kan In (Hvan Iy Chjo, 81), Li Chje Son (Hvan Xi Chxan, 66), Son Hyon Min, Chjo Gyu Son (Chjo Yu Min, 90).
Portugaliya: Diogu Koshta, Diogu Dalot, Pepe, Antoniu Silva, Joau Kanselu, Ruben Nevesh (Rafael Leau, 65), Vitinya (Bernardu Silva, 81), Mateush Nunesh (Palinya, 65), Joau Mariu (Vilyam Karvalyu, 82), Ronaldu (Andre Silva, 65), Rikardu Orta.
Ogohlantirishlar: Li Kan In (36), Hvan Xi Chxan (90).
Gana — Urugvay 0:2
Gollar: 0:1 – 26 de Arraskaeta, 0:2 – 32 de Arraskaeta.
Gana: Ati-Ziji, Seydu, Amarti, Salisu, Baba, Parti, Abdul-Samed (Kere, 72), Kudus, Ayyu (Bukari, 46), Ayyu (Sulemana, 46), Uilyams (Semeno, 72).
Urugvay: Rochet, Varela, Koates, Ximenes, Olivera, Pelistri (de la Krus, 66), de Arraskaeta (Kanobbio, 80), Bentankur (Vesino, 34), Valverde, Suares (Kavani, 66), Nunes (Maksi Gomes, 80).
Ogohlantirishlar: Nunes (19), Suares (60), Sulemana (86), Koates (87).
Shunday qilib Portugaliya 6 ochko bilan guruhda birinchi oʻrinni egalladi. Janubiy Koreya 4 ochko bilan 2-oʻrinni band etdi va pley-offga yoʻl oldi. Urugvay ham xuddi shuncha ochko bilan 3-oʻringa tushib ketdi. Gana esa 3 ochko bilan guruhda soʻnggi pogʻonadan joy oldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling