AQSh Tayvanga 1,1 milliard dollarlik qurol sotmoqchi

Xitoy rasmiylarining ta'kidlashicha, bu harakat Tayvan bo'g'ozidagi keskinlikni kuchaytirishi mumkin

Foto: Politico<br>

Foto: Politico

AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Tayvanga 1,1 milliard dollarlik qurol sotmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, prezident ma'muriyati AQSh Kongressidan qurol sotishni ma'qullashini so'rashni rejalashtirmoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu kelishuv loyihasi tarkibiga 60 dona 355 million dollarlik AGM-84L Harpoon Block II raketalari, 100 dona 85,6 million dollarlik AIM-9X Block II Sidewinder taktik havo-havo raketalari va 655 million dollarlik razvedka radarlari kiradi.

Ma'lum qilinishicha, bu harakatga nisbatan Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi matbuot kotibi Lyu Penyuy mintaqadagi keskinlikni kuchaytirmaslik uchun Qo'shma Shtatlar Tayvanga qurol yetkazib berishni to'xtatishi kerakligini aytgan.

"AQSH qurollarining Tayvanga sotilishi "yagona Xitoy" tamoyili va uchta qo'shma Xitoy-AQSH kommunikelari qoidalarini jiddiy ravishda buzadi va Tayvan bo'g'ozidagi keskinlikning kuchayishiga olib keladi", — deya ta'kidlagan u.

Qayd etish kerak, 16-iyul kuni AQSh Davlat departamenti Tayvanga umumiy qiymati 108 million dollarga teng harbiy texnikani ta'mirlash uchun asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni sotishni ma'qullagan edi. Bunga javoban, Xitoy hukumati AQShdan Tayvanga harbiy yordam ko'rsatishni to'xtatishni talab qilgan.

Ma'lumot uchun, AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifidan so'ng Xitoy yarim orol hududida ko'proq harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaza boshlagan. 28-avgust kuni Xitoy armiyasi Tayvan yaqinida muntazam havo patrullarini e'lon qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling