AQSh O'zbekiston paxtalariga qo'yilgan cheklovlarni bekor qilishini ma'lum qildi

Mehnat vazirligi 2011-yildan beri birinchi marta O‘zbekistonni bolalar mehnatiga qarshi kurash bo'yicha eng yaxshi toifasiga kiritdi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

AQSh Mehnat vazirligi oʻzining hisobotida 2011-yildan beri birinchi marta Oʻzbekistonni bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish boʻyicha saʼy-harakatlar samaradorligi boʻyicha “sezilarli taraqqiyot”ning eng yaxshi toifasiga kiritdi.

“O‘zbekiston haqiqatan ham qisqa vaqt ichida ta’sirchan taraqqiyotga erisha oladigan namunali davlatga aylanmoqda", – degan AQSH Mehnat vazirligining Bolalar va majburiy mehnat bo‘yicha boshqarmasi rahbari Marsia Yeugenio.

AQSH Mehnat vazirligi mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtani “Bolalar va majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxati”dan chiqarilishini e’lon qildi.

Ushbu qaror O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni AQSHga olib kirishga qo‘yilgan rasmiy cheklovlarni bekor qiladi va shu orqali to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling