Foto: Videodan lavha
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida 13-oktyabr kuni MAN rusumli yuk mashinasi 30 yoshli piyodani urib yubordi. Bu haqda Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturi maʼlum qildi.
Voqea M-39 yoʻlining Toshkent—Termiz yoʻnalishidagi Yangiyoʻl tumani hududidan oʻtgan 823-kilometrida sodir boʻlgan. 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi MAN rusumli yuk mashinasi orqaga harakatlanayotganda 30 yoshli Surxondaryo viloyatida yashovchi piyodani urib yuborgan. Voqea oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida halok boʻlgan
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling