Foto: CGTN
Bangladesh shimolidagi Panchagarx tumanida kema halokatga uchrashi oqibatida 69 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kema halokatidan 69 kishining jasadi suvdan chiqarib olingan. Yana 3 kishi bedarak yo‘qolgan deb ro‘yxatga olingan.
Panchagarx tumani politsiyasi boshlig‘i Siradjul Xuda yakshanba kuni tushdan keyin 100 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan qayiq Karatoya daryosida cho‘kib ketganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv transporti hodisasiga ortiqcha vazn sabab bo‘lgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling