Foto: Italy news
20-avgustda Italiya qirg‘oqlarida 130 futlik superyaxta ag‘darilib, suvga cho‘kib ketdi. Bu haqda "nypost" xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, "My Saga" nomli 2007-yilda qurilgan yaxta cho‘kib ketgan paytda italiyalik ekipaj bilan Kayman orollari bayrog‘i ostida Gallipolidan Milazzoga ketayotgan bo'lgan.
Yevropa chegara va qirg‘oq qo‘riqlash agentligi nomidan Ruminiya patrul kemasi hodisaga aralashgan va ekipajni qutqarish uchun yaqin atrofdagi Italiyaning Krotone shahridan ikkinchi patrul qayig‘idan foydalanilgan va yaxtani xavfsiz joyga tortib olishga urinishgan.
Biroq, urinishlar samarasiz kechib, qayiq butunlay cho'kib ketgan.
Yomonlashgan ob-havo sharoiti yaxtani xavfsiz joyga olib kelishni qiyinlashtirgan.
Hozirda yaxtaning cho‘kishiga nima sabab bo‘lganligi yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling