Toshkentda yo'l transport hodisasi oqibatida yuk mashinasi ko'prikda osilib qoldi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 20-sentyabr kuni soat tahminan 10:30 lar atrofida Boshliq massividagi yangi ko'prikda yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.
Ma'lum qilinishicha,"HOWO ZZ3" rusumli yuk mashinasida harakatlanib ketayotgan 47 yoshli haydovchi ko'rikda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo'qotgan. Oqibatda mashina olib ketayotgan yuk yo'lga to'kilgan, yuk mashinasi esa ko'prikdan chiqib, ko'prik chekkasidagi to'siqqa osilib qolgan.
Ushbu hodisa oqibatida haydovchi jarohatlangan va "chap qo'l tirsak soxasi ezilib yirtilgan jarohati" tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, ko'prik va uning pastki qismidagi yo'llar yo'l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to'sib qo'yilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.