Namanganda soxta DXX xodimi pora bilan qo'lga olindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: O'zA

Foto: O'zA

Namangan viloyati Davlatobod tumanida oʻzini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirgan shaxs 5,5 ming dollar pora bilan qo'lga olindi.

Ma'lum qilinishicha, tuman hududida oʻtkazilgan tadbirda oʻzini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deya tanishtirgan shaxs muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq sodir etgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudlangan bo'lgan. U fuqarodan 5,5 ming dollar olgan vaqtida DXX tomonidan qoʻlga olingan.

Aniqlanishicha, u mazkur fuqaroning tanishiga nisbatan tayinlangan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini, boshqa yengilroq jazo turiga oʻzgartirib berishni vaʼda qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling