O‘zbekistonda pensiyalar 2021-yilga nisbatan qanday o‘zgardi?

Yil davomida pensiya va nafaqalar o‘rtacha 15 foizga oshdi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

2022-yilda o‘rtacha pensiya miqdori o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga ko'tarilib, 1,1 mln so‘mgacha oshirildi.

O‘tgan  11 oyda pensiya va nafaqalar o‘rtacha 15 foizga oshdi, 724 ming nafar ehtiyojmand fuqarolarga 380 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

2022-yilda yilda birinchi marta xususiy sektorda mehnat qilayotgan ayollarga davlat tomonidan kafolatlangan tug‘ruq va tug‘ish nafaqalari to‘lana boshladi. Ayollar uchun pensiyani hisoblashda bolani parvarish qilish muddati uch yildan olti yilgacha oshirildi.

Ijtimoiy to‘lovlar o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘p kam ta’minlangan oilalarni qamrab oldi (2021-yil – 6 trln so‘m, 2022-yil – 11,4 trln so‘m). Bundan tashqari, 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni parvarishlash uchun 500 ming so‘m miqdorida nafaqa to‘lash joriy etildi.

2022-yilda 18 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxs ish bilan ta’minlandi.

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan barcha maktab-internat o‘quvchilariga zamonaviy raqamli eshitish apparatlari topshirildi. Birinchi marta to‘rt ming nafar nogironga elektr aravachalari berildi. 13,6 ming nafardan ortiq ko‘zi ojiz bolalar va kattalar zamonaviy reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling