Qirg'izistondan Andijonga sal kam bir kilogramm geroin olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi — video

U giyohvand moddalarni Fargʻona vodiysida sotishni rejalashtirgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Namangan viloyatining Pop tumanida giyohvand moddalarni noqonuniy olib kirishga urinishga uringan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkentdan Andijonga harakatlanayotgan Nexia-2 rusumli avtomashinani toʻxtatib koʻzdan kechirgan.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida mazkur avtomobilda yoʻlovchi sifatida ketayotgan Andijon viloyatida vaqtinchalik yashab kelgan Qirgʻiziston fuqarosiga tegishli 996 gramm geroin moddasi borligi aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, u giyohvand moddalarni Fargʻona vodiysida sotishni rejalashtirgan. Xabarga koʻra, u ushbu giyohvand moddasini Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Tojikistondan kelgan narkokuriyerdan olgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling