Aziza Nizomova ona bo'ldi - foto

U ushbu quvonchli voqea bilan o'zining Instagram akkauntida o'rtoqlashdi.

Foto: Instagram<br>

Foto: Instagram

Shu yilning aprel oyida o‘zbekistonlik xonanda va aktrisa Aziza Nizomovaning homiladorligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Shundan so'ng, xonanda Aziza Nizomova nikohdan oldin homilador bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Aziza Nizomova bu mish-mishlarni rad etgan.

Bu foydalanuvchilar orasida qiziqishlar uyg'otdi, chunki er-xotinning to'yi 2022-yil 19-martda bo'lib o'tgan edi. Shundan so'ng xonanda bir yil avval nikoh o‘tkazganliklarini aytib, mavzuni yopdi.

Endi Aziza Nizomovaning muxlislari uni tabriklashlari mumkin, chunki u Instagram ijtimoiy tarmogʻida ilk marta ona bo'lganini eʼlon qildi.

"Men ona bo'ldim! Vaqt bo‘lganda, albatta, hammasini aytib beraman va post yozaman", — deb yozadi aktrisa.

Aziza Nizamova chaqaloqning jinsi haqida oshkor qilmagan. U foydalanuvchilarga bu o'g'il yoki qiz ekanligini taxmin qilishlari uchun soʻrovnoma qoldirgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling