Hech kimga sir emaski, mashhur insonlar ko'chmas mulkni sotib olish yoki uni bezash uchun pullarini ayamaydilar. Ular uy kadrlarini bo'lishishdan xursand bo'ladi, biroq o‘zbek xonandasi Rayhon bular qatoriga kirmaydi. Xonanda uyini “ko'z-ko'z” qilishni yoqtirmasa ham “Nishonda” ko'rsatuvida bergan intervyusida bunga rozi bo‘lgan.
Foto: Nishonda/Rayhon xovlisiga kirish eshigi
Foto: Nishonda/basseynli xovli
Foto: Nishonda/oshxona
Xonanda yashayotgan uyning dastlabki suratlariga qarab, u ortiqcha buyumlar tarafdori emasligini bilish mumkin. Ikki qavatli uyning ichida juda ko'p xonalar mavjud. Hamma xonalarda yumshoq mebellar - divanlar, "puflar" va stullar mavjud.
Foto: Nishonda/oshxona
Rayhon oshxona dizaynida ochiq ranglardan foydalanishga qaror qilgan. Buni baland pardalar, stullar, stol, divan va oshxona mebellariga e'tibor berish orqali ko'rish mumkin.
Foto: Nishonda/mehmonxona
Foto: Nishonda/mehonxona
Foto: Nishonda/mehmonxona
Mehmonxonaning ichki qismida yorqin ranglar ishlatilgan. Rayhonning soʻzlariga koʻra, bunda oʻziga xos ramziy maʼnoga ega boʻlgan devordagi rasmlarga urg'u beriladi.
Foto: Nishonda
Foto: Nishonda
Aytgancha, detallarni tanlashda Rayhon qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan rasmlarni afzal ko‘radi. Devorga ilingan rasmlarda siz qo'shiqchining alohida tanlovi aks etgan san'at asarlarini ko'rishingiz mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling