Buxoroda davlatga 2,5 mlrd so‘mlik zarar keltirayotgan mayning fermasi topildi

Tadbirkor o'zboshimchalik bilan mayning dermasini yuqori kuchlanishli elektr tarmog'iga ulagan

Videodan kadr

Videodan kadr

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi Romitan tumanida oʻtkazgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma aniqlandi.

Qayd etilishicha, kompyuter va boshqa texnik qurilmalarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari mazkur tumanning choʻl hududida joylashgan boshqa bir MCHJ binosini hamda mahalliy fermer xoʻjaligiga qarashli dala shiyponini ijaraga olgan. Ushbu binolarga mayning qurilmalari oʻrnatib, qonunga xilof ravishda yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻiga ulagan.

Tekshiruv davomida jami 9 turdagi 456 dona mayning qurilmalari va boshqa butlovchi elektr jihozlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Oʻzenergoinspeksiya”ning Buxoro viloyat hududiy boʻlimi va Romitan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xulosasiga koʻra, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida mayning ferma tomonidan davlatga 2 mlrd 530 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling