Filippinda suv toshqini qurbonlari soni 40 dan ortdi

Hodisa oqibatida 25 kishi bedarak yo'qolgan

Foto: Open source

Foto: Open source

Filippinda kuchli yomgʻir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli 44 kishi halok boʻldi, 28 kishi bedarak yoʻqoldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Xavflarning oldini olish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish boʻyicha milliy kengashning juma kuni eʼlon qilingan hisobotida taʼkidlanganidek, suv toshqinidan respublikaning 10 ta hududida 509,3 mingdan ortiq kishi jabrlangan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, 151 evakuatsiya markaziga 15,8 ming kishi koʻchirilgan. Kamida 1,42 ming kishi uyini oldindan tark etgan, 12 kishi turli tan jarohatlari olgan. Respublikaning toʻqqiz viloyatida tabiiy ofat bilan bogʻliq 434 ta hodisa, jumladan, suv toshqinlari va koʻchkilar qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Filippinda kuchli yomgʻir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli kamida 39 kishi halok boʻldi, 25 kishi bedarak yoʻqolgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling