Farg‘onada “Ipoteka-bank” filiali kredit monitoringi bo‘limi bosh mutaxassisi kredit berishda firibgarlik qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda "UzA" xabar bermoqda.
Unga ko'ra, "Ipotekbank” Farg‘ona viloyati filialida kredit monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi aldov yo‘li bilan fuqarolarning nomiga juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘larini ajratilib, ularni talon-taroj qilganligi fosh etilgan.
Aniqlik kiritilishicha, filialda ishlovchi xodim B.X bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish uchun bank muassasiga kelgan va o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan fuqaro S.Mga go‘yoki yordam bermoqchi bo‘lgan.
Shu bilan birga, unga kredit chiqarish evaziga aytgan shaxs nomiga ham kredit ajratish uchun garov ta’minoti topib berish hamda ajratiladigan kredit mablag‘ni o‘zi qoplashini bildirgan.
Qayd etilishicha, fuqaro S.Mning qarindoshiga 320 million so‘m kredit ajratilishiga erishib, bank xodimi amakisining nomiga naqd pul shaklida ajratilgan 300 million so‘m kredit mablag‘ini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Shuningdek, B.X va boshqalar jinoiy ishlarini davom ettirib, bankka murojaat qolgan yakka turdagi tadbirkor B.Rni ham chuv tushirgan. Tadbirkorga aylanma mablag‘ni to‘ldirish maqsadida 600 million so‘m kredit ajratilishiga erishadi. 300 million so‘mini unga berib, qolganini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Shuningdek, tadbirkor B.Rning kredit qazrdorligini qoplash maqsadida berilgan 5800 AQSH dollari pul mablag‘ini kirim qilmay, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarf qilgan.
Mazkur holat yuzasidan, "Ipotekabank" filialining bo‘lim bosh mutaxassisi B.X va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling