Samarqandda erkak folbin va uning qizini o'ldirdi — video

Folbin mijozidan tayyorlab bergan suvi uchun 500 dollar pul talab qilgan

Videodan kadr

Videodan kadr

Samarqandda folbin va uning qizini oʻldirgan erkakka sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, erkak turmush qurganidan keyin uzoq vaqt farzand koʻrmagan. Shu sabab u Esaboy qishlogʻidagi folbinga borgan.

Folbin erkakka shifokorga bormaslikni, u qarindoshlari tomonidan farzandli bo‘lolmasligi va o‘z joniga qasd qilishi uchun o‘qitilganligini aytgan.

Shuningdek, folbin agar u tayyorlab bergan suvni sepsa, hammasi yaxshi bo‘lishini aytib, undan buning uchun 500 dollar so'ragan.

Folbin erkak pulni bermagani uchun uni uyidan chiqarib yuborgan. Qahramonimiz folbin uni qarg'ab, o‘ldirishi mumkinligini o‘ylab, folbinni bolta bilan urib o‘ldirgan.

Vasvasaga tushgan erkak folbinning uyiga borib, folbinni bolta bilan urib oʻldirgan. Shu payt shovqindan uygʻongan folbinning qizi uygʻonib qolgan. Erkak qizni ham oʻldirgan.

“Yordam qiling dedim. U yordam qilmayman dedi. Pul beraman desam ham oʻldiraman dedi, pul bermayman desam ham oʻldiraman dedi. Qarindoshlarimga pul berib, meni oʻldirishga yollagan ekan. Seni baribir oʻldiraman deganidan keyin iloji boʻlmadi”, — deydi sudlanuvchi.

Erkakka nisbatan sud hukmi oʻqildi. Hukmga koʻra, sudlanuvchi 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling