O'zbekistonda yagona maktab formasi bekor qilindi

Yagona maktab formasi 2022/2023-o'quv yildan boshlab joriy etilishi kerak edi

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida yagona maktab formasi joriy etish talabi bekor qilindi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 3-oktabrdagi qaroriga asosan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi.

Ma'lumoot uchun, may oyida Adliya vazirligi mamlakatda barcha ta’lim muassasalari uchun yagona shakl joriy etilishi aytilgan edi.

Shundan so‘ng Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab maktab formasi majburiy bo‘lmasligini ma’lum qildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling