Foto: Repost.uz
DTM xabariga koʻra, Davlat komissiyasining bayonlari bilan quyidagi hududlardan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berilgan:
- 7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;
- 8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.
Bunda:
- oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi;
- talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi;
- oʻqishini koʻchirishga ruxsat berish boʻyicha qaror Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.
Shu sababli Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabul qilinib, barcha maʼlumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling