Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻquvchilarining oʻzaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, 24-noyabr kuni taxminan soat 16:50 da Mirobod tumani “Parvona” mahallasida 125-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9 va 10-sinf oʻquvchilari futbol oʻynayotgan vaqtida oʻzaro urishib ketgan. Ularning janjali shu atrofda boʻlgan fuqarolar tomonidan toʻxtatilgan. Ogʻir tan jarohati olganlar yoʻqligi aytilmoqda.
Holat yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi boʻyicha Mirobod tumani IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling