Xalqaro shaxmat federatsiyasi sentyabr oryi uchun jahon shaxmatchilari reytinggini e'lon qildi.
Reytingga ko'ra, o'zbekistonlik to'rt shaxmatchi TOP-100 talikdan o'rin olgan.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov reytingini 2713 ga yetkazib, jahon reytingida 64-o‘rindan 30-o‘ringa ko‘tarilgan.
Ma'lum qilinishicha, Nodirbek Abdusattorov Hindistonda bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat olimpiadasi va Turkiya superligasida jami 22 ta o‘yin o‘tkazib, muvaffaqiyatga erishgani sabab shunday natija qayd etgan. U yosh shaxmatchilar reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshilab, 4-o‘ringa chiqdi.
Shuningdek, Xalqaro shaxmat federatsiyasining TOP-100 reytingida o'zbeksitonlik shaxmatchilar soni ilk bor to'rt nafarga yetdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Rustam Qosimjonov (2670) 72-o‘rinda. Olimpiada chempionlari — Nodirbek Yoqubboyev (2656) va Javohir Sindorov (2651) kuchli yuztalikka kirib, mos ravishda 89- va 92-o‘rinlarni band etishgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling