Foto: chess.com
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sentabr oyidagi eng yaxshi shaxmatchilar reytingini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, olimpiada chempioni Nodirbek Abdusattorov 2713 ochko jamg‘arib, 64-o‘rindan 30-o‘ringa ko‘tarildi. Bu natijaga Hindistonda bo‘lib o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi va Turkiyada bo‘lib o‘tgan Superliga o‘yinlari ta’sir ko‘rsatgan. Maʼlumki, aksariyat o‘yinlarda Nodirbek g‘alaba qozongan edi.
Qayd etish kerak, ushbu reytingga yana uch nafar O‘zbekiston vakili kiritilgan. Jumladan: Rustam Qosimjonov – 72-o‘rin, Olimpiya o‘yinlari chempionlari Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindorov 89 va 92-o‘rinlarni egalladi.
Maʼlumot uchun, Magnus Karlsen hamon birinchi o'rinda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling