Indoneziyaning Malang shahrida oʻtkazilgan futbol vaqtida stadionda yuz bergan tartibsizliklarda kamida 127 kishi halok bo‘ldi, 180 kishi jarohatlandi.
Qayd etilishicha, voqea “Qanjuruxon” stadionida yuz bergan. Politsiya bosh inspektorining so‘zlariga ko‘ra, o‘yindan so‘ng mag‘lub bo‘lgan jamoa muxlislari maydonga yugurib chiqishgan, politsiya ularni tinchlantirish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Shundan so‘ng, bu olomon orasida vahima kelib chiqqan. Muxlislar tarqala boshlashi esa tiqilinch, tartibsizliklarga sabab bo‘lgan. Oqibatda ko‘plab odamlar yiqilib, olomonning oyog‘i ostida qolgan.
Maʼlum qilinishicha, ba'zilarida ko'zdan yosh oqizuvchi gazdan nafas olish muammolari ham paydo bo'lgan.
Indoneziya futbol assotsiatsiyasi rahbari voqea munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Shuningdek, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Indoneziya futbol assotsiatsiyasiga voqea yuzasidan tergov yakunlanmaguncha Liga 1 o‘yinlarini to‘xtatishini buyurgan.