Eron Qatardagi g'alaba munosabati bilan 715 nafar mahbusni ozod qildi

Mazkur qaror Gʻulom Husayn Mohseni-Ejeyning buyrugʻi bilan qabul qilingan

Foto: Report<br>

Foto: Report

Eron hukumati Qatardagi jahon chempionatida milliy terma jamoa Uels termasi ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng 715 nafar mahbusni ozod qildi. Bu haqda “Report” axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur qaror Islom Respublikasi sud hokimiyati rahbari Gʻulom Husayn Mohseni-Ejeyning buyrugʻi bilan qabul qilingan.

Eron rasmiylari eronlik futbolchilarning gʻalabasini olqishlab, futbolchilarning Jahon chempionatidagi ajoyib oʻyini Eron xalqiga quvonch va baxt baxsh etgani, shuningdek, mazkur gʻalaba milliy birlik, ahillik ruhining namoyon boʻlishiga xizmat qilganini taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, 25-noyabr kuni Eron terma jamoasi 1-turda Angliya terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda 2:6 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Shundan soʻng, 2-turda Osiyo jamoasi Uels terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Bu eronliklarning jahon chempionati oʻyinlaridagi ishtiroki tarixidagi uchinchi gʻalabasi boʻldi. Eronliklar hech qachon jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmagan, ammo endi buning uchun yaxshi imkoniyat bor.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling