Ilon Mask Twitterdagi tasdiqlash belgisini pullik qilmoqchi

Yangi obuna oyiga $19,99 turadi

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

Rwitterning yangi egasi Ilon Mask tarmoq foydalanuvchilarining tasdiqlash belgisini pullik qilmoqchi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Mask 2021-yil iyun oyida taqdim etilgan pullik Twitter Blue obunasini qimmatroq versiyaga almashtirmoqchi. Twitter Blue foydalanuvchilarga tvitlarni tahrirlash kabi eksklyuziv funksiyalardan foydalanish imkonini beradi. Yangi obuna oyiga $19,99 turadi. Abonentlar tasdiqlash belgilaridan tashqari qoʻshimcha funksiyalarni olish yoki olmasligi hozircha nomaʼlum.

Xabarga koʻra, tasdiqlangan foydalanuvchilarga obuna pulini toʻlash uchun 90 kun beriladi.

Maʼlum qilinishicha, Mask yangi funksiya ustida ishlayotgan dasturchilarga ultimatium qoʻygan. Ular 7-noyabrgacha innovatsiyani chiqarishlari kerak, aks holda ular kompaniyadan ishdan boʻshatiladi.

Ilon Mask bu maʼlumotga izoh bermadi, biroq avvalroq Twitter uning tekshirish soʻrovlarini bir necha bor rad etganidan shikoyat qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biriga javob qaytargan. “Hozirda foydalanuvchilarni tekshirish jarayoni koʻrib chiqilmoqda”, — deb yozgan milliarder.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling