Videodan lavha
Toshkent shahrida fuqaro xolasining oʻgʻlini pichoqlab oʻldirib qoʻydi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 7-avgust kuni soat taxminan 22:00 larda Chilonzor tumani Dombraobod MFYda joylashgan bolalar maydonchasida 23 yoshli ayblanuvchi va uning 29 yoshli xolavachchasi bir biri bilan ogʻzaki tortishib ketib, janjallashadi. Oqibatda sudlanuvchi oʻzi bilan olib kelingan pichoqni jabrlanuvchi tanasining bir necha qismiga tiqib oladi.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra, jabrlanuvchi ogʻir darajadagi jarohati olgani sababli vafot etgani aniqlandi.
“7-avgust kuni xolamning oʻgʻli bilan telefonda soʻkishib ketdik. Bir joyga borib oʻtirganimizda menga qoʻl koʻtarganlarida yiqilib, choʻntakdagi pichoqni tiqib oldim. Birinchisi kirmadi deb yana ikki marta tiqdim. Uni shifoxonaga olib ketishdi, men voqea joyidan ketdim. Agar ursalar, qoʻrqitaman degan maqsadda pichoq olgan edim. Biz juda yaqin, bir-birimizni yaxshi koʻrganmiz”, — deydi ayblanuvchi.
Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan aybli deb topilib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling