Referendumlar tan olinsa, Putin bilan muzokaralar o'tkazilmaydi — Zelensiy

Rossiya tarkibiga kirish bo'yicha referendumlar 27-sentyabr kuni yakunlandi

Foto: DW.com<br>

Foto: DW.com

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, agar Rossiya DXR, LXR hamda Xerson va Zaporojye viloyatlarining o‘z nazorati ostidagi hududlarida o‘tkazilgan referendumlar natijalarini tan olsa, prezident Vladimir Putin bilan "gaplashadigan gapi bo‘lmasligi"ni ma’lum qildi.

"Rossiya tomonidan bu soxta referendumlarning odatiy hol deb tan olinishi, hozir Qrim deb atalmish ssenariyning amalga oshirilishi, Ukraina hududini anneksiya qilishga navbatdagi urinish Rossiya prezidenti bilan gaplashadigan hech qanday gapimiz yo‘qligini anglatadi. Anneksiya uni butun insoniyat bilan qarama-qarshi qilib qo'yadigan qadamdir", — deydi Ukraina prezidenti.

Xabarga ko'ra, avgust oyida Zelenskiy agar referendum bo‘lib o‘tsa, Ukraina Rossiya bilan muzokaralarda qatnashmasligi haqida ogohlantirgan. Ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari jarayoni bahordan buyon to'xtatib qo‘yilgan.

Ma'lum qilinishicha, Rossiyaga qo'shilish bo'yicha referendumlarda ovoz berish 27-sentabr kuni yakunlandi. Shu kuni kechda, to‘rtta hududda ham byulletenlarning 100 foizi ko‘rib chiqildi. Natijalarga ko‘ra, LXR, DXR va Zaporojye viloyatida ovoz berganlarning 90 foizi, Xerson viloyatida esa 87 foizi Rossiyaga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlagan.

Referendumlar boshlanishidan oldin ham Putin Rossiya Donbass, shuningdek, ikki viloyat aholisining yakuniy qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.

Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko yuqori palata tomonidan yangi hududlarning Rossiya tarkibiga kirishi haqidagi qonunlar ko‘rib chiqiladigan majlis 4-oktabrda o‘tkazilishi mumkinligini aytgandi. Shu bilan birga, u rejadan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazish zarurati yo‘qligini ta’kidladi.

Agar to'rtta mintaqa aholisi Rossiya tarkibiga kirishni xohlasa, bu qo'llab-quvvatlanishini aytib o'tdi.

AQSH va Yevroittifoq esa referendum natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgan va u o‘tkazilgan taqdirda, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilgandi. Shu bilan birga, Serbiya va Turkiya ham ovoz berish yakunlarini tan olmasligini bildirgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling