Qoraqalpog'istonda gaz balloni portlashi oqibatida Cobalt parchalanib ketdi - video

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq

Foto: Yo'l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati<br>

Foto: Yo'l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt rusumli avtomobil yonayotgani, uning ichida gaz balloni portlagani aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea 11-noyabr kuni soat 15:30 larda Toʻrtkoʻl tumani Oqboshli mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlining 584-585-kilometrlari oraligʻida sodir boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, yongʻinga transportning motor qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuvi sabab boʻlgan. Shundan soʻng avtomobil yukxonasida joylashgan gaz balloni portlab ketgan.

Xabarga koʻra, oʻt oʻchiruvchilar boqea joyiga yetib borgan va zudlik bilan yongʻinni oʻchirishgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. ozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar