Foto: Youtube
Turkiyaning Aydın shahridagi restoranlardan birida portlash sodir boʻldi, deb xabar bermoqda TRT Haber telekanali. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida yetti kishi halok boʻlgan.
Aydın gubernatori Husayn Aksoy bir restoranda yuz bergan portlash oqibatida dastlabki maʼlumotlarga koʻra yetti kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.
Bundan tashqari, toʻrt kishi jarohatlangan.
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, portlash gaz ballonlarini almashtirish vaqtida sodir boʻlgan. Jarohatlanganlar mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan. Politsiya voqea joyini toʻsib qoʻydi. Voqea joyida shifokorlar, qutqaruvchilar ishlamoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling