Buxorodagi xonadonlarning birida gaz portlashi oqibatida sakkiz yoshli bola vafot etdi

Bola olgan og'ir tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Repost.uz'ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, 16-oktabr kuni soat tahminan 08:55 larda Qorako‘l tumani Quyi xo‘jalar qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida gaz chaqnashi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida voyaga yetmagan 8 yoshli bola olgan og'ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va shu yerda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling