"Biror siyosiy shart qo'yilishiga yo'l qo'ymaymiz" — energetika vaziri Rossiya bilan ehtimoliy gaz oldi-sotdisi haqida

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda gaz bilan bogʻliq muammolar faqat sovuq qish mavsumida yuzaga keladi

Foto: Sputnik<br>

Foto: Sputnik

Bosh vazir oʻrinbosari – Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov Rossiya bilan ehtimoliy gaz savdosi, siyosiy sharoitlar va ularning xavfi haqida gapirdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Biz hech qachon milliy manfaatlarimizga putur yetkazmaymiz. Agar biz siz aytayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirsak ham, biz buni faqat tijorat oldi-sotdi shartnomalari orqali qilamiz. Buning evaziga hech qanday siyosiy shartlar qoʻyilishiga yoʻl qoʻymaymiz”, — dedi Energetika vazirligi rahbari.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda gaz bilan bogʻliq muammolar faqat sovuq qish mavsumida yuzaga keladi. Qolgan vaqtda aholini toʻliq qamrab olish taʼminlanadi.

Biz chora-tadbirlar koʻramiz, qoʻshimcha sarmoya kiritamiz, energiya tejamkorligiga olib kelamiz, gazdan tashqari muqobil energiya bilan ishlay oladigan tarmoqlarni imkon qadar koʻmirga oʻtkazamiz, muqobil energetikani jadal rivojlantiramiz”, — deydi u.

Avvalroq, prezident Vladimir Putin Rossiya, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida uch tomonlama ittifoq tuzishni taklif qilgan edi. Keyinchalik mazkur ittifoq gaz bilan bogʻliq ekanligi maʼlum boʻlgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling