Foto: Telegraph
Jizzax viloyati Forish tumanida ayol va uning ikki nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 6-noyabr kuni kech soat 19:20da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi navbatchisi tomonidan uch kishining is gazidan halok boʻlgani haqida xabar berilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Forish tumani “Oybek” MFY, Mashrab koʻchasida yashovchi 34 yoshli va uning 10 yoshli hamda besh yoshli ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling