Foto: Podrobno.uz
Oʻzbekiston hududining vodiy viloyatlarida “metan zapravkalari”ning faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda “Oʻztransgaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ob-havo sovib ketishi tufayli aholi, ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoji ortgani bois ularga tabiiy gaz yetkazib berish dolzarb hisoblanadi.
Shuni inobatga olib, Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari bugun 7-dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha ish faoliyatini toʻxtatdi.
“Vaziyat izga tushgach odatiy ish faoliyatiga qaytilishini maʼlum qilamiz. Keltirilgan vaqtincha noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, gaz bosimining pasayiz ketgani sababli Toshkentdagi ayrim “gaz zapravka”larining ish faoliyati vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling