Namangandagi "zapravka"da "Damas" yonib ketdi – video

Sodir boʻlgan yongʻin natijasida ogʻir tan jarohati olgan hamda halok boʻlganlar yoʻq

Foto: Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati<br>

Foto: Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati

Namangan shahri Guliston mahallasidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida 23-avgust kuni "Damas" avtomobili yonib ketdi.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 101 va 1050 qisqa raqamlariga murojaat kelib tushmagan, lekin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga asosan voqea joyiga qutqaruvchilar yuborilgan.

Maʼlum boʻlishicha, yong‘in gaz to‘ldirish shaxobchasi ishchilari tomonidan bartaraf etilgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, sodir boʻlgan yongʻin natijasida ogʻir tan jarohati olgan hamda halok boʻlganlar yoʻq.

Xabarga koʻra, hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling