Foto: Olympic.uz
Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.
Antoni JCH-2022 uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirilgani munosabati bilan 385 ming yevroga "Lamborghini" xarid qildi
Foto: A Bola
Antoni mundialga Braziliya terma jamoasiga jalb etilgani sharafiga "Lamborghini" sotib oldi.
“A Bola” nashri xabariga koʻra, “Manchester Yunayted” vingeri JCH uchun Braziliya terma jamoasi tarkibiga kirgani sharafiga 385 ming yevro evaziga "Lamborghini Aventador" xarid qildi. Mashina allaqachon futbolchining Cheshirdagi uyiga yetkazilgan.
2022-yilgi Jahon chempionati soʻnggi transfer oynasida MYUga oʻtgan 22 yoshli Antoni uchun faoliyatidagi birinchisi boʻldi.
Valeriy Karpin: “Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda butunlay boshqa tarkib boʻladi”
Foto: Yandex
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Tojikiston terma jamoasi bilan oʻyindagi durangdan (0:0) soʻng fikrlarini bildirdi.
U Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyinda boshqa tarkibdan foydalanishini maʼlum qildi.
"Oʻzbekistonga qarshi tarkib butunlay boshqacha boʻladi. Bugun koʻpchilik uchun terma jamoa uchun birinchi yoki ikkinchi oʻyin boʻldi. Umid qilamanki, Toshkentdagi oʻyinda yanada mustahkam koʻrinamiz.
Oʻzbekiston bilan boshqa darajadagi bahs boʻladi", – dedi Karpin.
Svetlana Osipova jahon chempioni bo'ldi
Foto: MOQ
Meksikada taekvondo boʻyicha jahon chempionati davom etmoqda. Unda Oʻzbekiston musobaqadagi ilk oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Musobaqada +73 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Svetlana Osipova terma jamoaga ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi.
U musobaqa davomida Amerika, Marokash va Avstriya terma jamoalari vakillarini magʻlubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi final bahsida esa u Isroil vakilasi Dana Azrandan ustun keldi va jahon chempioniga aylandi.
Israel Adesanya Nyu-York aeroportida hibsga olindi
Foto: Fighttime
Oʻrta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya Jon Kennedi nomidagi Nyu-York aeroportida hibsga olingan.
Adesanyaning yuklari orasida noqonuniy qurol borligi aniqlangan. U Yangi Zelandiyaga uchish chogʻida aeroport politsiyasi tomonidan ushlab qolingan. Fuqarorlar yukini nazoratdan oʻtkazish joyida nigeriyalikda qurol topilgan.
“Muxlislardan biri Israelga bu metal kastetni sovgʻa qilgandi. Aeroportdagi tekshiruv chogʻida Adesanya politsiya xodimlariga qarshilik koʻrsatmadi va qurolni ularga topshirdi. Shu bilan bu ish yopildi. Ayni paytda u uyiga ketyapti. Bor gap shu”, - deya jangchining menejeri Tim Simpson voqeylikka izoh bergan.
“Koʻrgazmali jang oʻtkazmasam ham ajoyib hayot kechirishim mumkin”. Meyvezer tanqidchilarga qattiq javob qaytardi
Foto: DAZN
Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer tanqidchilarning soʻzlariga munosabat bildirdi.
Xabar berganimizdek, 45 yoshli bokschi Dubayda tashkil etilgan koʻrgazmali jangida bloger Dejini magʻlub etgandi. Jangdan soʻng Meyvezer muxlislarning koʻrgazmali janglarda nomsiz raqiblar bilan ringga chiqishi haqidagi tanqidiga javob berdi.
“Odamlar koʻpincha: ”Floyd shunchalik yomonki, u koʻrgazmali janglarda qatnashishi kerak“ deyishadi. Men pul ishlab topishni toʻxtatmayman. Bu mening falsafam.
Farzandlarimga pul meros qilib qoldirish muhim! Ishoning, agar boshqa koʻrgazmali jang oʻtkazmasam ham ajoyib hayot kechirishim mumkin” - dedi Meyvezer jangdan keyingi matbuot anjumanida.
OAV: Qatar JCh-2022 ochilish o'yinida mag'lub bo'lishlari uchun Ekvador futbolchilariga pora berdi
Foto: Getty Images
Qatar jahon chempionatining ochilish o‘yinida mag‘lub bo‘lishlari uchun ekvadorlik futbolchilarga pora berdi. Bu haqda jurnalist va siyosiy sharhlovchi Amjad Taha o'zining Twitter'ida xabar berdi.
"Qatar o‘yinda mag‘lub bo‘lish uchun (0:1, gol ikkinchi bo‘limda) sakkiz ekvadorlik futbolchiga 7,4 mln dollar pora bergan", deyiladi xabar matnida.
Amjadu Taxning ma'lumotlarini Qatar va Ekvadordan kelgan besh nafar insayder tasdiqlagan.
"Umid qilamizki, bu yolg'on. Ushbu ma'lumotlarning tarqalishi natijaga ta'sir qiladi deb o'ylaymiz. Butun dunyo FIFAdagi korrupsiyaga qarshi turishi kerak”, — deydi u.
Eslatib o'tamiz, JCh-2022 ilk bor Qatarda bo'lib o'tadi. Ochilish o'yini 20-noyabr kuni Qatar va Ekvador o'rtasida bo'lib o'tadi.
Ronaldu: “Messi — ajoyib oʻyinchi. U bilan 16 yildan beri bir sahnadamiz”
Foto: The Sport
Hujumchi Krishtianu Ronaldu “PSJ” hujumchisi Lionel Messiga boʻlgan munosabati haqida gapirdi.
“Messi — ajoyib, sehrli oʻyinchi. 16 yildan beri u bilan sahnani baham koʻramiz, tasavvur qila olasizmi? 16 yil!
U bilan ajoyib munosabatdaman. Biz doʻst emasmiz — bir-birimizning uyimizga bormaymiz, telefonda gaplashmaymiz. Ammo oʻrtamizda xuddi jamoadoshlar oʻrtasidagidek munosabat bor.
Uning har doim men haqimda gapirishini juda hurmat qilaman”, — dedi “Manchester Yunayted” hujumchisi TalkTV telekanalida Pirs Morganga.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling