Foto: Sputnik
“Turkmengaz” davlat konserni raisi o‘rinbosari Ahmet Geldimuradov lavozimidan yashirincha ozod etildi, deya xabar bermoqda Turkmennews.
Qayd etilishicha, Geldimurodov Gurbanguli Berdimuhamedovning jiyani va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning amakivachchasi hisoblanadi.
Xabarga ko‘ra, Geldimurodov Ashxoboddagi barda mushtlashib, prokurorning boshiga shisha bilan urgani ortidan lavozimidan ayrilgan. Hodisa taxminan bir oy oldin sodir bo‘lgan va kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Mushtlashuv aks etgan video Berdimuhamedovlarga topshirilgan, shundan so‘ng ularning qarindoshi ishdan bo‘shatilgan.
Rasmiy Turkmaniston matbuotida Ahmet Geldimurodovning ismi tilga olinmagan va uning qachon “Turkmengaz” rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ham noma’lum.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling