Videodan lavha
Muftiy Hazratlari ijtimoiy muammolar va ularning yechimi doirasida suhbat o'tkazdi. Unda asr vabosi hisoblangan giyohvandlikka to'xtalib o'tildi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'ylab giyohvandlikka chalingan insonlar 500 mlndan ortiq, kuniga minglab odamlar shu sababdan dunyodan ko'z yumadi.
"Dinda inson o'z joniga qasd qilishi, o'zini halokatga tashlashi mumkin emas. Ulamolar giyohvandlikni Islom maqsadlariga qarshi chiqadigan illat deb bilishadi. Bu illat sabab qanchadan-qancha nogiron tug'ilayotgan chaqaloqlar, o'ziga zarar keltirib halok bo'layotganlar bor.
Oldinlari oddiy "ko'knori" iste'mol qilishayotgan bo'lsa endilikka kelib turli dori vositalari yoki kimyoviy yo'l bilan tayyorlayotgan mahsulotlar bilan hayotiga tajovvuz qilayotganlar bor", deydi musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov oʻz murojaatida.
Bundan tashqari, giyovandlik qaytarilishi kerak bo'lgan ishlarning birinchi darajasida turishini, uni qo'li bilan maxsus xizmatlar qaytarishini, qolganlar esa nasihat orqali yoki qo'ldan kelgancha o'zini isloh qilib qaytara olishi mumknligini aytdi.
Shuningdek, bu illat turli hil jinoyatlar kelib chiqishiga sababchi ekanligini qo'shimcha qildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling