Manchesterdan ketishini ma'lum qilgan Ronaldu, Habibga yana "vizov" tashlagan Makgregor, navbatdagi jangi uchun Amerikaga uchib ketgan Bektemir Meliqo'ziyev — kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin

Foto: Yandex.ru

Foto: Yandex.ru

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

Krishtianu Ronaldu rasman Manchester Yunayteddan ketishini ma'lum qildi.

Foto: Manuntd.com

Foto: Manuntd.com

Krishtianu Ronaldu faoliyatida ikkinchi marta ”Manchester Yunayted“ bilan xayrlashayotgani haqida fikr bildirdi.

”MYu bilan muzokaralardan soʻng biz shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib oldik. Men “Manchester Yunayted” va uning muxlislarini yaxshi koʻraman – bu hech qachon oʻzgarmaydi. Shu bilan birga, men yangi chaqiruv izlash vaqti kelganini his qilyapman.

Jamoaga mavsumning ikkinchi qismida va kelajakda muvaffaqiyatlar tilayman", – dedi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Bektemir Meliqoʻziyev jang qilish uchun Amerikaga joʻnab ketdi 

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Super oʻrta vazn toifasidagi prof bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida  Amerikaga joʻnab ketdi. Bu haqda sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, “Bek Bully” Meliqoʻziyev soʻnggi jangini Sladan Yanyaninga qarshi oʻtkazib muddatidan avval gʻalaba qozongan edi.

Makgregor Xabibga murojaat qildi: “Otangning rejasi hech qachon amalga oshmaydi!”

Foto: Foxtime

Foto: Foxtime

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Torontodagi muxlislar bilan uchrashuvda sobiq raqibi Xabib Nurmagomedovning soʻzlariga munosabat bildirdi.

“Jamoamizda yengil vazn toifasida amaldagi UFC, Bellator chempionlari bor va bu ajoyib holat. Ancha oldin men bir yigitning ”Biz hamma narsaga egalik qilish uchun keldik“ deganini eshitgan edim. Ha, biz bu yerga egalik qilish uchun keldik” - dedi Xabib.

Konor esa oʻz uslubida bu soʻzlarga munosabat bildirdi.

“Men kurashyapman! Otangning rejasi hech qachon amalga oshmaydi, chunki sen taslim boʻlding va qochib ketding. Agar yana jang qilmoqchi boʻlsang, men hali ham shu yerdaman. Lekin magʻlubiyatdan qoʻrqishing allaqachon yutqazganingni bildiradi. Xohlagan joyga qochishing mumkin. Yakunda baribir hammamiz magʻlub boʻlamiz, oʻlim bizni yengadi. Men Xudodan boshqa hech kimdan qoʻrqmayman” - deya Xabibning soʻzlariga javob berdi Konor.

Messi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida: “Bahona qilmaymiz”

Foto: News18

Foto: News18

Argentina termasi hujumchisi Leo Messi JCH-2022 doirasida Saudiya Arabistonidan uchralgan magʻlubiyat haqida gapirdi.

- VAR haqida nima deya olasiz?

- Bilmadim, VAR haqida boshqalar juda koʻp gapirishdi. Bu shunaqangi qiyin tizim. Nima ham deya olamiz, qarorlar shu tariqa chiqarilmoqda. Shunday qilinyaptimi, demak, barchasi joyida. Bahona qilmaymiz.

- Termangiz futbolchilarini oʻyindan keyin qanday koʻrdingiz? Xuddi JCHda debyut qilgandek boʻlishdimi?

- Xuddi ularni oʻldirishgandek boʻlishdi. Ogʻir zarba, bunday startni kutmagandik. Gʻalabaga ishongandik, uch ochko bizni xotirjam qilardi.

Biroq raqiblar boshqalardan ajralib tura oldi. Ular birdam va kuchli oʻyin koʻrsatishdi. Biz ham yakdil boʻlib, doimgidanda koʻra bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak.

Oʻz gʻoyalarimiz asosiga qaytib, mehnat qilib, Meksika toʻsigʻidan oʻta olishimiz lozim, - dedi Argentina termasi sardori.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar