Foto: CaughtOffside
Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda kutib olindi
Foto: Olamsport.com
30-oktyabr - 12-noyabr kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻtkazildi.
Ushbu musobaqada Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Umumiy hisobda esa erkaklar va ayollar terma jamoamiz 6 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqdi.
Chempionatda muvaffaqiyatli qatnashgan terma jamoa aʼzolari 13-noyabrr kuni O'zbekistonga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Xabib Avstraliyada oʻtkaziladigan "UFC 284" turnirida Dastin Poryega raqib taklif qildi
Foto: MMA USA
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Dastin Poryega raqib topib berdi.
Xabibning fikricha, Dastin Avstraliyada oʻtkaziladigan "UFC 284" turnirida Beneil Dariushga qarshi jang qilishi lozim.
“Porye Dariushga qarshi”, - deb yozdi Xabib Tvitterdagi sahifasida.
Ronaldu “portladi”: “Men ten Xagni hurmat qilmayman”
Foto: Sports Mole
Joriy mavsum "Manchester Yunayted"da ishlari yurishmayotgan Ronaldu mashhur jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu berdi.
Krishtianu Ronaldu oʻz jamoasi bosh murabbiyi Erik ten Xagni hurmat qilmasligini aytdi.
“Men ten Xagni hurmat qilmayman, chunki u menga hurmatsizlik bildirdi.
Agar sen meni hurmat qilmasang, xech qachon seni hurmat qilmayman.
Manchester Yunayted meni ketishga majbur qildi. Nafaqat murabbiy, balki boshqa bir odam ham. Men oʻzimni sodiq hisoblardim. Odamlar meni "MYu"da koʻrishni istamayotganliklarini tushunib turgandim. Nafaqat bu yil, balki oldingi mavsumlarda ham”, - dedi Ronaldu.
Hozircha intervyuning ayrim qismlari eʼlon qilindi. Toʻliq intervyu yaqin kunlarda chiqishi maʼlum qilingan. Morgan ushbu suhbatga Ronaldu ishtirokidagi “eng portlatadigan intervyu” deb taʼrif berdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi Qozog'iston hamda Rossiya terma jamoalarga qarshi o'yin o'chun mashg'ulotlarni boshladi.
Srechko Katanes boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi Qozogʻiston va Rossiya bilan oʻyinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
“Jar” stadionida oʻtgan 14-noyabr kunidagi mashgʻulotlarda 21 nafar futbolchi ishtirok etdi. Legionerlar Eldor Shomurodov, Bobir Abdixoliqov, Jaloliddin Masharipov va Otabek Shukurov 15-noyabr kuni terma jamoa ixtiyoriga yetib keladi.
“Nasaf” yarim himoyachisi Oybek Bozorov esa kichik shikastlanish tufayli hozircha mashgʻulotlarda qatnashmayapti.
Eron Sport vazirligi namoyishlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun Azmunni JCH-2022 qaydnomasiga kiritmaslikni talab qilmoqda
Foto: Reuters
Sport vazirligi bosh murabbiy Karlush Keyrushga hukumatga qarshi namoyishlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun “Bayer” futbolchisini yakuniy roʻyxatdan olib tashlashi uchun bosim oʻtkazmoqda. Eron futbol federatsiyasi rahbari ham undan Azmunni Qatardagi turnirga taklif qilmaslikni soʻragan.
Jurnalist Nauel Lanzonning xabar berishicha, Keyrush JCH-2022 uchun tarkibni eʼlon qilmoqchi boʻlgan matbuot anjumanini bekor qilgan. Uning xabar berishicha, Azmun ertaga Dohaga kelishi kutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling