Haydar Aliyev - ozarbayjonlik taniqli bloger va repper. U ijtimoiy tarmoqlarda o'z sahifalarini yaratgandan so'ng mashhurlikka erishgan, unda u o'g'rilar va “AUE” a'zolariga qarshi kurashishga chaqirgan. Shuningdek, blogger o'zining qo'pol xatti-harakatlari bilan tanilgan, shuning uchun u bir necha bor qonun bilan bog'liq muammolarga duch kelgan.
Bolaligi
Gonzo G nomi bilan mashhur Haydar Aliyev 1998-yil 28-iyulda Toshkentda shifokor Arzu va Vladimir Aliyevlar oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi 1996 yilda turmush qurishgan.
Foto: ask.fm/sahibkiran
Haydarning millati ozarbayjon. Bolaligidan u kompyuter o'yinlari va musiqaga qiziqqani sababli kelajagini ularga bag'ishlagan.
Foto: ask.fm/sahibkiran
Ta'limi
Haydar 2004 - yilda 6 yoshida maktabga borgan. Toshkent shahridagi 89-maktabda o‘qigan va 2013-yilda tamomlagan. Maktabdan so‘ng Mirobod tumani sanoat texnikumiga o‘qishga kirgan.
Keyinchalik 2016 - yilda u Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti” yuridik fakultetiga o'qishga kirgan, biroq bir yil o'tib u o'qishni tashlab, keyingi yili Vestminster universitetiga biznes boshqaruvi yo'nalishiga o'qishga qabul qilinadi. U 3 ta tilda - rus, ingliz va ozarbayjon tillarida gaplasha oladi.
Shahsiy hayoti
Ma'lumki, Gonzo diniy sabablarga ko'ra munosabat o’rnatgan qizi yo'qligini va bo'lmasligini ham bir necha bor aytib o’tgan.
“Menda qizlar bilan munosabat bo'lmaydi. Chunki din nikohdan oldin munosabat o’rnatishni taqiqlaydi. Shuning uchun menda faqatgina xotinim bilan munosabat bo’ladi” deb ta’kidlagan bloger.
Musiqadagi karyerasi
Ma'lumki, Gonzo bolaligidan musiqani, ayniqsa repni yaxshi ko'rgan. Uning sevimli rep ijrochisi Black Star guruhining sobiq a'zosi L’One hisoblanadi. O’zining treklarida u amerikalik repper Tupak Shakurning ijodidan ham ilhomlangan. Hozirda u rep treklarini faol yozib, ularni musiqiy platformalarda taqdim qilib kelyapti, ammo repperning o'zi ta’kidlaganidek, bu biznesi unga hozircha hech qanday daromad keltirmagan.
Shuningdek, uning YouTube kanali ham bo'lib, unda u o'z treklarini, shuningdek, yulduzlar bilan "qo’pol intervyulari"ni joylab boradi. Ayrim videolarda u Doniyor Qayumov bilan bo‘lgani kabi ba’zi bloggerlarni yolg‘on va firibgarliklarini fosh qiladi.
U 2019 - yilda 12 ta trekdan iborat bo'lgan birinchi "Orpheus" albomini ommaga taqdim qilgan. Shu yili 5 ta trekdan iborat G Dot mini-albomini ham chiqargan. Bundan tashqari, u singllarni ham chiqarib kelgan.
Qo'shiqlari:
2019 - yil - Goat - single
2019 - yil - LLJ - single
2019 - Send me location feat (Nicko Jamelle) - single
2019 - Gonzo flow - single
2019 - yil - Orpheus - 12 trek - albom
2019 - yil - G Dot - 5 trek - mini-albom
2020 - yil F.T.P. - single
2020 - yil LLJ 2-qism - single
2020 - yil Gonzo Gang - single
2020 - yil One Minute - single
2020 - yil Call me - single
2020 - yil Pick a side - single
2020 - yil - Гелик 5.5 - single
2021 - yil - Azad - albom
2021 - yil - LLP - single
Qonun bilan bog'liq muammolari
Gonzo har doim boshqa insonlar bilan qo'pol muomalada bo’lganligi sababli boshqalardan ajralib turgan. Uning birinchi yirik mojarosi 2018 yilda qirg‘iz xalqi bilan sodir bo‘lgan. O'zining ijtimoiy tarmoqlarida bloger qirg'iz so'zi iflos qiz sifatida tarjima qilinishini aytgan. U buni shunday izohlagan - (qirg'izchadan tarjima qilingan) "kir" - iflos, "gyz" - qiz.
Keyinroq blogger o‘z so‘zlari uchun omma oldida uzr so‘ragan.
“Men ozarbayjonman va men ham turkiy xalqning bir qismiga kiraman, qirg'izlarni haqorat qilish ahmoqlik bo'lgan. Menda qirg‘iz xalqiga nisbatan nafrat hissi yo‘q.” degan bloger.
Birinchi marta qamoqqa olinishi.
2020 yilda blogger sanitariya me'yorlariga rioya qilmaslik va behayo so'zlarni ishlatgani uchun qamoqqa olingan. Ma'lum bo'lishicha, karantin davrida bloger politsiya xodimlarini masxara qilib, ularning ko'z o'ngida niqobini yechgan. Keyinchalik sud qarori bilan unga yetti kunlik qamoq jazosi tayinlangan.
Ikkinchi marta qamoqqa olinishi.
2021-yil oktabr oyida Haydar Aliyev tergov ostida ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan.
Keyinroq blogger sahifasida post e'lon qilgan.
16 - sentabr kuni Geydar Aliyev tergovchi Tursunov Bekzodning arizasiga ko‘ra Mirobod tumani IIB tergov bo‘limiga yuborilgan. Bu J.A.ga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishi tufayli qilingan. Haydarning o'zi bu ishga hech qanday aloqasi yo'q edi. 2021-yil bahoridan buyon 80 dan ortiq imzo to‘plangan, biroq Ichki ishlar bosh boshqarmasi bu arizalarni qabul qilmagan,
- deyiladi bloggerning postida.
2021-yil 21-oktabrda esa Ichki ishlar vazirligi bloggerning hibsga olinganini tasdiqlagan. U firibgarlikda ayblanib, tergov ostida bo’lgan. Gonzoning gumonlanuvchi J.A. bilan qanday aloqalari bo’lgani noma'lum.
Bloger O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik, o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni aldash yoki ishonchga tajovuz yo‘li bilan egallab olish) bilan Toshkent shahridagi 1-sonli vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlangan. Shuningdek, blogger aldangan odamlarga 60 000 dollar miqdorida tovon puli to'lashi shart bo'lgan.
28-iyul kuni Gonzo ozodlikka chiqdi. Bu haqda u o’zining instagram sahifasida obunachilariga e’lon qilgan.