Yapon startapi 40 daqiqa havoda ucha oladigan yuqori tezlikdagi mototsiklni loyihalashtirdi — video

Uchar bayk narxi 777 ming dollar qilib belgilangan

Videodan Kadr

Videodan Kadr

15-sentabr kuni Detroyt avtosalonida dunyodagi birinchi uchar mototsikl paydo bo'ldi. Endilikda siz mashinalar o'rniga dronga o'xshash transport vositasini minishingiz mumkin, deb xabar berdi "evronews" nashri.

Ma'lum qilinishicha, XTURISMO deb nomlangan hoverbayk havoda 40 daqiqa uchib, 100 km/soat tezlikka erisha oladi.

Motor Siti avtosalonining hamraisi Thad Szott birinchilardan bo‘lib hoverbaykda test-drayvga chiqdi.

"Bu juda zo'r! Albatta, menda biroz qo'rquv bor, juda ham hayajonlandim. Endi men o'zimni kichkina boladek his qilyapman", — deydi  hoverbaykni test qilib ko'rgan Szott.

Reaktiv tortish kuchiga ega uchar bayk kelgusi yildan sotuvga chiqishi rejalashtirilgan. Uning taxminiy narxi  777 ming dollarligi aytilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling