Foto: Teznews
Andijon tumanidagi xonadonda yongʻin yuz berdi. Qoʻqon shahrida uyidagi gazni tekshirib koʻrish uchun gugurt chaqqan fuqaro xonadonida esa gaz portladi. Bu haqda Andijon tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, yongʻin 12-dekabr kuni soat 13:41 larda Andijon tumani “Sanoat” MFY Sanoatchi koʻchasidagi uyda boshlangan. Ikkita yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 13:43 da voqea joyiga yetib borgan va yongʻin soat 13:46 da qurshab olinib, soat 14:04 da oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida ushbu xonadonda yashovchi 63 yoshli shaxs olgan tan jarohati sabab voqea sodir boʻlgan joyda vafot etgan. Uning 31 yoshli farzandi esa 85 foiz kuyish jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga yotqizilgan.
Maʼlum boʻlishicha, yongʻin isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan. Uyning 40 metr kvadrat qismi yonib zararlangan, 200 metr kvadrat qismi saqlab qolingan.
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida honadonda gaz chaqnashi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.
Uyidagi gazni tekshirib koʻrish uchun gugurt chaqqan fuqaro gaz portlashi oqibatida vafot etdi. Yonida boʻlgan ukasi esa kuyish jarohati bilan shahar tibbiyot markaziga joylashtirildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Olib borilgan oʻrganish davomida aniqlanishicha, 12-dekabr kuni soat 15:24 da shaharning A.Navoiy mavzesida yashovich fuqaro uyidagi gazni tekshirib koʻrish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida portlash sodir boʻlgan. Oqibatda fuqaro hodisa joyida vafot etgan.
U bilan birga boʻlgan ukasi tanasining turli joylaridan kuyish jaroxati bilan Qoʻqon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan xozirda Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari orlib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling