Foto: Repost.uz
Andijon viloyati Buloqboshi tumangaz boshligʻi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Hududgaz Andijon” hududiy gaz taʼminoti filialining Buloqboshi tuman boʻlimi boshligʻi va boshqalar juda koʻp miqdordagi oʻzganing mulkini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan 15-dekabr kuni hududiy gaz taʼminoti filialining Buloqboshi tuman boʻlimi boshligʻi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Buloqboshi tumangaz boshligʻ protsessual tartibda gumonlanuvchi tariqasida qoʻlga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling